O‘z tashqi ko‘rinishi va chiroyiga haddan ziyod e’tibor beradigan erkaklar boshqalarga qaraganda xiyonat qilishga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bu haqda NSN’ga bergan intervyusida shifokor-psixoterapevt, seksolog Aleksandr Poleyev ma’lum qildi.
Uning fikriga ko‘ra, erkaklarda go‘zal bo‘lib ko‘rinish xohish va xiyonat qilishga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjud.
“Sartaroshxonalarga tez-tez boradiganlar - bu haddan ziyod o‘zlariga qaraydigan erkaklardir. Ular orasida, go‘zallik salonlariga kamdan-kam tashrif buyuruvchilarga qaraganda, jazmani bor erkaklarning foizi shubhasiz yuqori” – deb hisoblaydi Poleyev.
Ayrim erkaklarda soqol mo‘ylarining qattiqligi, ularda testosteron yuqoriligi tufaylidir, deya ta’kidlaydi ekspert.
“Ehtimol, shuning uchun ular ko‘proq xiyonat qilishi mumkin”, - deb taxmin qildi u.
Poleyev ta’kidlashicha, shunga o‘xshash tendensiya kiyim-kechak do‘konlariga tez-tez boradigan erkaklar orasida ham kuzatiladi
"Statistikaga ko‘ra, u yerga tez-tez boradigan erkaklarda ayollari ko‘p bo‘ladi", - deydi seksolog. Shunga bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur talab qiladi, chunki o‘ziga qarash istagi bilan ehtimol, erkak o‘z sevgilisiga yoqishni xohlaydi.