TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Nur-Sultondan 38 nafar xorijlik migratsiya qonunchiligini buzgani uchun mamlakatdan “deport” qilinadi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Favqulodda holat joriy etilganidan beri politsiya 4,6 mingdan ortiq ijaraga olingan turar joy va 420 ta yotoqxonani tekshirdi.
1300 tadan ortiq migratsiya qonunchiligini buzilish holatlari aniqlandi.
Favqulodda holat tartibini buzganlik uchun 318 kishi javobgarlikka tortildi, ulardan 30 nafari hibsga olindi.
Shuningdek, Qozog‘iston chegarachilari Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan 4 nafar fuqaroni qo‘lga oldi.
Olmaotadagi tartibsizliklar va talonchilikka aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan jami 8 kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi.
Toldiqo‘rg‘on IIB departamentiga hujum qilishda gumon qilingan 8 nafar kishi politsiyaga topshirildi.