TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimovga nisbatan hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish bo‘yicha tergov boshlandi. Uning ikki nafar o‘rinbosari hibsga olindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
MXQ davlatga xiyonatda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan tergov tafsilotlarini ma’lum qildi.
Jinoyat ishi doirasida hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish hamda hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish xatti-harakatlari bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari boshlandi.
Masimovdan tashqari, uning 2 nafar o‘rinbosari qo‘lga olindi:
▪ MXQB boshlig‘i sobiq o‘rinbosari – “A” maxsus bo‘linmasi boshlig‘i Anuar Sodiqulov;
▪ MXQB raisi sobiq o‘rinbosari Daulet Yergojin.
Mavzuga doir materiallar: