TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 13 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Oliy darajada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish muhim ekanini qayd etdilar.
"Yaqinda Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtayi nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi", - deyilgan O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Prezidentlar Qozog‘iston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashgan.
Mavzuga oid:
Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar
O‘zbek-qozoq chegarasida vaziyat qanday
Mirziyoyev va Toqayev telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘istonda hibsga olingani haqida ma’lumot yo‘q