TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Londonda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li va merosxo‘ri Uels shahzodasi Charlzning eng yirik rasmlar ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda shahzoda fondining sayti.
Ekspozitsiya Londonning Belgraviya hududi Chelsi kazarmasidagi Garrison kichik ibodatxonasida joylashgan. Unda Charlzning akvarel bilan chizilgan 79 ta surati mavjud.
"Bu shahzodaning tarixdagi eng yirik va akvarel bo‘yoqlarining birinchi to‘liq ko‘rgazmasi", — deyiladi fond xabarida.
Ko‘rgazmada asosan manzara janridagi suratlar namoyish etilgan. Masalan, Shotlandiya tog‘lari yoki Tanzaniya manzaralari. Ushbu Sharqiy Afrika mamlakati shahzoda Charlzning surat chizish uchun sevimli joylaridan biri hisoblanadi. Fransiyaga bag‘ishlangan bo‘limda asosan Provans mintaqasi sahnalari namoyish etiladi.
"Men rasm chizish bilan shug‘ullandim, chunki fotografiyalarni unchalik qoniqarli emas deb o‘ylaganman. Oddiy qilib aytganda, menda ko‘rganlarimni akvarel bilan ifodalash va fotografiyada yetkazib bo‘lmaydigan “ichki” tuyg‘usini yetkazish istagi bor edi”, - deydi shahzoda Charlz ko‘rgazma ochilish marosimida
Uels shahzodasi kamtarlik bilan o‘z eskizlarini "buyuk san’at" deb hisoblamasligini qo‘shimcha qilgan. Aksincha, bu fotoalbomning o‘ziga xos shakli deydi.