Ertaga KXShT tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondan olib chiqish boshlanadi - Toqayev

Ertaga KXShT tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondan uyushgan holda olib chiqib ketish boshlanadi - Toqayev.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Ertaga KXShT tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondan uyushgan holda olib chiqib ketish boshlanadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ma’lum qildi.
“Shubhasiz bu terrorchi va banditlarning tajovuzini qaytarish uchun katta psixologik ahamiyatga ega bo‘ldi. Missiya juda muvaffaqiyatli deb baholanadi”, - dedi Qozog‘iston prezidenti.