Rossiyalik kosmonavt Orol dengizining fazodan olingan suratni namoyish qildi - foto

Rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov Orol dengizining fazodan olingan suratini namoyish qildi
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Anton Shkaplerov o‘zining Instagram’dagi sahifasida Xalqaro kosmik stansiya kemasidan olingan eksklyuziv suratni joylashtirdi.
Suratda mintaqada sodir bo‘lgan ekologik fojia ko‘lami ko‘rsatilgan.
"Orol dengizi qachonlardir sayyoramizdagi eng katta dengiz bo‘lgan edi. 1989-yilda u ikkita alohida suv havzalariga bo‘linib ketdi- Shimoliy va Janubiy. Ikkinchi dengiz yana ikki qismga - Sharqiy va G‘arbiy qismga bo‘lindi. Afsuski, 2014-yilda Sharqiy dengiz qurib qoldi" , - degan izoh yozgan kosmonavt surat ostida.