Nazarboyev Nur-Sultonda - Qozog‘iston elchisi

Nursulton Nazarboyev hozir respublika poytaxtida - Qozog‘istonning Ozarbayjondagi elchisi Serjan Abdikarimov.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev hozir respublika poytaxtida, dedi chorshanba kuni Qozog‘istonning Ozarbayjondagi elchisi Serjan Abdikarimov Bokudagi matbuot anjumanida.
"Nazarboyev Qozog‘iston poytaxtida. U do‘stona davlatlar rahbarlari bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qildi va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan doimiy aloqada. U doimiy ravishda vaziyatni kuzatib bormoqda", — dedi elchi.
Bugun Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning taqdiri haqida bilishi yoki ular aloqada bo‘lib turishi to‘g‘risida hanuz ma’lumotga ega emasligini aytgandi.