Moskvada birinchi odamga “fuqaroligi yo‘q shaxs pasporti" berildi

Moskvada birinchi fuqaroligi yo‘q shaxs vaqtinchalik shaxsini aniqlovchi guvohnoma oldi.
Sputnik
TOShKENT, 12yanv — Sputnik. Moskvada ilk bor fuqaroligi yo‘q shaxs vaqtinchalik shaxsini aniqlovchi guvohnoma oldi. Bu haqida RIA Novostiga poytaxt Inson huquqlari kengashi komissiyasi a’zosi Yeva Merkacheva aytib berdi.
Ushbu turdagi shaxsni aniqlovchi hujjat to‘g‘risidagi qonunni 2021-yilning fevral oyida Vladimir Putin imzolagan edi. Bunday hujjat 10-yil muddatga beriladi va fuqaroligi yo‘q shaxslarga mehnatga ruxsatnoma olmasdan ishlash huquqini beradi.
“Moskvada birinchi bo‘lib “fuqaroligi yo‘q shaxs pasporti” – vaqtinchalik shaxsini aniqlovchi guvohnoma olgan kishi – 53 yoshli Yoqubjon Hakimjonov bo‘ldi. U IIV Migratsiya boshqarmasining xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash muassasasida (Saxarovo) ikki yildan ortiq vaqt o‘tkazgan. Fuqaroligi bo‘lmagani sababli uni hech qayerga deport qilishning iloji bo‘lmagan", — deydi Merkacheva.
Hakimjonovning so‘zlariga ko‘ra, u Dushanbe shahrida tug‘ilgan. U 5 yoshga to‘lganda uning oilasi Astraxan shahriga ko‘chib o‘tgan. U maktabga bormagan.
“Ko‘chada yurgan, tamaki chekkan, qarta o‘ynagan. Yoshligidan qamoqxonaga tushib qolgan va hayoti shu tarzda davom etgan”, - deb Hakimjonovning so‘zlarini keltiradi huquq himoyachisi.
Hakimjonov kitob o‘qiydi, yozishni biladi. Bunga u “Butirka” qamoqxonasida o‘rgangan. Shuningdek Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazi rahbariyati Yoqubjonga knopkali telefon sovg‘a qilishgan. Ehtimol shunda u qarindoshlarini tezroq topib olar va qarindoshlari uni o‘z uyiga olib ketar, — deb hikoya qiladi Merkacheva.
Shuningdek, Hakimjonov unga biror ish topishda yordam berishni so‘ramoqda.
Huquq himoyachisi aytishiga ko‘ra, Hakimjonovni so‘nggi marotaba qo‘lga olishganida u hech qanday jinoyat qilmagan. Politsiya shunchaki uning shaxsini aniqlay olmagan. O‘shanda u hech qaysi davlat fuqarosi emasligi ma’lum bo‘lgan.