Shifokor Alena Glushakova RIA Novostiga koronavirusdan tuzalib chiqqandan so‘ng sport bilan shug‘ullanish mumkin emasligining sabablarini ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, COVID-19 faqat nafas yo‘llarinigina zararlantirib qolmaydi. Virusning tarqalishi tananing deyarli barcha to‘qimalarida, shu jumladan qon tomirlarida mavjud bo‘lgan membrana oqsili bilan o‘zaro ta’sir qilish orqali sodir bo‘ladi. Xususan, COVID-19 qon tomir devorlarining tonusini oshirishi yoki immunga qarshi yallig‘lanish jarayonini qo‘zg‘atishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimining asosiy organi - yurak. Jismoniy zo‘riqishlarda yurak urishi tezligi va qon tomirlari devoridagi qon bosimi yanada oshadi.
Shu sababli koronavirusdan tuzalgandan so‘ng darhol sport bilan shug‘ullanishni boshlab yuborish yaramaydi. “COVID-19 ning o‘zi miokardit, miokardit infarkti, yurak ritmining buzilishi yoki yurak yetishmoqchiligi kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Koronavirusdan so‘ng tromboz xavfi 3-6 baravarga oshadi. Koronavirus infeksiyasi paytida va kasallik o‘tib ketgandan keyin ham qon tomirlari va yurak-qon tomirlari kuchli zo‘rayishda qoladi. Shu sababli organlarni jismoniy mashqlar bilan zo‘riqishlarni kuchaytirmaslik kerak, deydi mutaxassis.