AQShda ilk marta cho‘chqa yuragi insonga transplantatsiya qilindi - OAV

AQShda cho‘chqa yuragi odamga muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi - New York Times.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqaning yuragi odamga muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi, deb xabar qildi New York Times.

Bu cho‘chqa yuragini insonga transplantatsiya qilish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli operatsiya. Sakkiz soatlik operatsiya juma kuni Baltimorda amalga oshirildi va Merilend universiteti tibbiyot markazi jarrohlarining so‘zlariga ko‘ra, bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda - deb yozilgan gazetada.

57 yoshli bemorning hayotiga xavf tug‘diruvchi yurak xastaligi bor. Geni o‘zgartirilgan cho‘chqadan organ ko‘chirib o‘tkazish “organlari ishlamay qolgan yuz minglab bemorlarga umid bag‘ishlaydi”, deyilgan xabarda.