TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi soydan dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkakning murdasi topildi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning o‘limiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta’sirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.