Kremlda Lukashenkoning O‘zbekiston haqida aytgan so‘zlari qanday baholandi - Peskov javobi

Peskov Lukashenkoning O‘zbekistonda “Qozog‘iston ssenariysi” takrorlanish ehtimoli haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonda “Qozog‘iston ssenariysi” takrorlanish ehtimoli masalasini muhokama qilishda ishtirok etmayapti - bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga. RIA Novosti xabariga asosan.
Kuni kecha Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko KXShT yig‘ilishida tashkilot davlatlari Qozog‘istondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytgandi. O‘zbekiston bu holatga alohida e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday deyish uchun tezkor ma’lumotlar mavjud.

"To‘g‘rirog‘i, bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi. Shu rakursda biz bunda ishtirok etmayapmiz", — dedi Peskov.

Mavzuga doir so‘nggi materiallar:
Bundan birinchi navbatda O‘zbekiston xulosa chiqarib olishi kerak - Lukashenko
O‘zbekiston KXShT bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak – siyosatshunos
Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar