Har kuni zinadan yuqoriga ko‘tarilsa nima bo‘ladi

Har kuni zinalardan beshinchi qavatga chiqish chidamlilikni oshiradi va yurak mushaklarini mustahkamlaydi.
Sputnik
Har kuni zinalardan beshinchi qavatga chiqish chidamlilikni oshiradi va yurak mushaklarini mustahkamlaydi, deya ta’kidladi vrach-terapevt Fallahi Nurjahon Ria Novostiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda bir marta zinadan chiqish semirish ehtimolini kamaytiradi, mushaklar tonusini yaxshilaydi, o‘pka hajmini kattalashtiradi va umrni uzaytiradi.
“Erkaklarda bir kunda besh marta zinadan chiqib tushish insult kelib chiqish xavfini 30% ga kamatiradi. Ayollar uchun esa bu qomatni chiroyli saqlash va vaznni meyorlashtirishga yordam beradi”, deydi shifokor.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu odatga o‘tish uchun yurak-qon tomir, tizzalar va bo‘g‘imlar, varikoz kengayishi va gipertoniya kabi muammolari mavjud insonlar shifokor maslahatidan o‘tishi zarur.