Bedarak yo‘qolgan taksichining jasadi o‘zining avtomobili yukxonasidan topildi

Andijonlik taksichi o‘zining “Cobalt” mashinasii yukxonasidan o‘lik holda topildi. Uch kishi uni o‘ldirganlikda gumon qilinib hibsga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Andijonlik taksichining murdasi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi avtoturargoh “Cobalt” yukxonasidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o‘ldirib ketilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashagan 31 yoshli M.Otaxonov “Cobalt” mashinasida Andijon-Toshkent yo‘nalishida aholiga pulli transport xizmati ko‘rsatib kelgan. U 7-yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Shahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqaroning 11 650 dollarini Toshkentdagi tanishiga olib borib berish uchun olgan.
Shuningdek, u notanish bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchini ham o‘z avtomashinasida Toshkent shahriga olib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Xotinini vahshiylarcha o‘ldirgan mast erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
8 yanvar kuni haydovchining onasi tuman IIBga o‘g‘li 7-yanvar kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini bildirgan va uni topishda amaliy yordam so‘ragan.
M.Otaxonovni qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, Shahrixon tuman prokuraturasi 9-yanvar kuni Jinoyat kodeksining "qasddan odam o‘ldirish" moddasi bilan jinoiy ish ochgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9-yanvar kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi avtoturargohda "Cobalt" avtomobili yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Toshkent viloyatida 5 kishini pichoqlab o‘ldirgan yigitga hukm e’lon qilindi
Jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi Qo‘qonda ushlangan va tergovga jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.