TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat bojxona xizmatining, xususan, Xitoy bilan chegaradagi faoliyatini tanqid qilib, buni “bardak” deb atadi.
"Bojxonada tartib o‘rnatish budjet daromadlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, Xitoy bilan chegarada. U yerdagi haqiqiy “bardak” hammaga ma’lum. Avtomobillar ko‘rikdan o‘tkazilmayapti, soliq va bojlar to‘lanmayapti", - dedi Toqayev parlamentning quyi palatasimajlisida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 11-yanvar kuni parlament olida nutq so‘zlab, respublikada hukumat boshqaruvi, iqtisodiy samradorlik, kadrlar tayyorlash sohalarda jiddiy islohotlar amalga oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlar orasida milliy xavfsizlik xizmati va qurolli kuchlarni jiddiy o‘zgartirish, iqtisod samaradorligini oshirish, daromadlarni oddiy xalq va oligarxlar orasida taqsimlash, investorlar ishonchini oqlash va boshqa tadbirlar bor.