Xususiy maktablarga ham qishki ta’tilni uzaytirish tavsiya qilindi

Nodavlat ta’lim muassasalaridagi ta’til vaqtida o‘quvchilarning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmasligi tavsiya etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Nodavlat ta’lim muassasalarida (NTM) ham qishki ta’til 24-yanvarga qadar uzaytirilishi mumkin. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun e’lon qilgan tavsiyada keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, NTM rahbar va pedagog kadrlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida masofaviy ta’lim shakllarini qo‘llagan holda malaka oshirish kurslariga jalb etish maqsadga muvofiq.
“Qishki ta’til davrida o‘quvchilarga oziq-ovqat berilmasligi hamda boshqa sarf-xarajatlar qilinmasligini inobatga olgan holda ularning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmasligi tavsiya etiladi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, ta’til davrida o‘quvchilar uchun ularga tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash tavsiya qilingan.
Ta’til uzaytirilgani o‘qituvchilarning maoshiga ta’sir qiladimi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.