Qozog‘istonda 2ta radikal islomchilar guruhi a’zolari qo‘lga olindi – foto

Qozog‘iston MXQ Olmaotadagi tartibsizliklarda xalqaro terrorchilar ishtirok etganiga oid dalillarni e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaotadagi tartibsizliklarda xalqaro terrorchilar ishtirok etganiga oid dalillarni e’lon qildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Bugun kuchishlatar idora xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazib, 2ta radikal islomchilar guruhi a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda aksilterror operatsiya tezkor shtabi xabar qildi.
Ularning rahbari - xalqaro terrorchilik tashkilotlariga aloqador xorijlik ekanligi aniqlandi.
Qo‘lga olinganlardan o‘qotar qurollar, yorug‘lik-shovqin granatalar, o‘q-dorilar va ekstremistik adabiyotlar topildi.
Jangarilar “Tablig‘i Jamoat” (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) radikal islom tashkiloti a’zolari bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.