TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Bugun Qozog‘istonda milliy motam kuni. Prezident Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil 10-yanvar kunini - tartibsizliklar oqibatida qurbon bo‘lganlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qilgan edi.
Voqealar xronikasi
3 yanvar - Qozog‘iston Shimoli Mang‘istau viloyatida yangi yildan so‘ng suyultirilgan gaz narxi ikki baravar oshishiga qarshi (120 tenge) norozilik namoyishlari boshlangan edi. Hukumat komissiyasi tuzilib, gaz narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berilganidan so‘ng viloyat biroz tinchlangan edi.
4 yanvar - kutilmagandan Qozog‘iston Janubi, Olma-Otada namoyishlar keskin tus ola boshladi, shahar markaziga boshqa viloyat, keyin ma’lum bo‘lishicha, boshqa davlatlardan ham odamlar to‘plana boshladi.
5 yanvar - norozilik namoyishlari keskin tus ola boshladi va bosqinchilik va terrorchilikka aylanib ketdi. Namoyishchilar Nazarboyev haykalini ag‘darib tashlashdi, hokimiyat binosini egallab olishdi va unga o‘t qo‘yishdi.
Undan tashqari shahar markazida joylashga magazinlar talon-taroj qilindi. Qurollangan namoyishchilar politsiya va harbiylarga hujum qilishdi. Bir necha politsiya, harbiy, o‘t o‘chiruvchi mashinalar yoqib yuborildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Nur-Sulton shahrida Mangistau va Olma-Ota viloyatlaridan va Olma-Ota shahrida 19-yanvarga qadar "favqulodda vaziyat" e’lon qildi.
Shuningdek, Toqayev KXShT davlat rahbarlariga mamlakatga hujum qilgan terrorchi va banditlardan mamlakat suverenitetini himoya qilishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi.
Qozog‘iston chet davlatlar bilan aviaaloqalarni vaqtincha to‘xtatdi.
6 yanvar - Olma-Ota shahrida aksilterror operatsiya o‘tkazish boshlandi. Aholiga uydan chiqmaslik tavsiya etildi. Qozog‘iston harbiy va maxsus bo‘linmalari odam o‘ldirish va talon-taroj bilan shug‘ullangan jangari to‘dalarni qo‘lga ola boshladi.
7 yanvar - prezident Toqayev uchinchi murojaat bilan chiqdi. Olma-Ota va boshqa shahardarga uyushtirilgan hujum terrorchilarning "uyqudagi" bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgani, shaharga jami 20 ming banditlar hujum qilganini ma’lum qildi.
8 yanvar - KNB rahbari Karim Masimov davlatga xiyonatda gumonlanib hibsga olingani ma’lum bo‘ldi. Hibsga olinganlar orasida boshqa amaldorlar ham bor edi.
9 yanvar - Tartibsizliklar oqibatida Qozog‘istonda jami 164 kishi qurbon bo‘lgan, 1000dan ortiq kishilar jarohatlangan.
Shuningdek, 400dan ortiq avtomobillar shikastlangan, 100dan ortiq yirik savdo obyektlari va banklar talon taroj qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 200 million dollarga yaqin.