TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 27,6 ming tonna go‘sht import qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Go‘sht importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga yoki 43 foizga oshgan. Go‘sht asosan MDH mamlakatlaridan olib kelinmoqda.
O‘tgan yilning 11 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p go‘sht sotgan davlatlar:
Belarus – 18,7 ming tonna
Qozog‘iston – 4,2 ming tonna
Ukraina – 2,6 ming tonna
Rossiya – 629 tonna
Moldova – 660 tonna
Avvalroq O‘zbekiston hukumati go‘sht importi va realizatsiyasi uchun berilgan imtiyozlar muddatini 2022-yil 30-aprelga qadar uzaytirishi mumkinligi xabar qilingan edi. Bunga qadar prezidentning farmoni bilan 2022-yil 31-dekabrga qadar besh turdagi tovarlar, jumladan, go‘sht QQSdan ozod qilingan edi.