Nodirbek Abdusattorovga pul mukofoti topshirildi - foto

O‘zbekiston shaxmatchilariga pul mukofotlari topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Varshava shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha rapid va blis yo‘nalishlaridagi FIDE jahon chempionatida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston shaxmatchilariga pul mukofotlari topshirildi, deb xabar qildi Turizm va sport vazirligi.
Nodirbek Abdusattorov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. Javohir Sindarov blis yo‘nalishida ancha yuqori bo‘lgan 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston prezidenti farmoniga asosan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va prezident sovg‘asi sifatida 2 xonali uy bilan taqdirlandi.
Bugun shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati qahramonlari pul mukofotlarini qabul qilib oldilar.
Jumladan, Nodirbek Abdusattorov 250 million so‘m, uning trenerlari Dmitriy Qayumov (marhum) hamda Jahongir Vohidovlar 100 million so‘mdan, Javohir Sindarov 50 million so‘m va nihoyat Shamsiddin Vohidov 25 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga loyiq ko‘rilishdi.