KXShT o‘zining kerakligini isbotladi - Toqayev

Ushbu voqea KXShTning birinchi tinchlikparvar missiyasi bo‘ldi. KXShT o‘zining kerakligini tasdiqladi. KXShT mexanizmi o‘zini samarali namoyish qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda KXShT o‘zining kerakligini tasdiqladi, dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bugun bo‘lib o‘tgan KXShT davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sessiyasida.
Qozog‘istonda norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketganda KXShTning yordam berish mexanizmi juda tez va samarali ishladi. Qozog‘istonga qisqa muddat ichida kollektiv xavfsizlik davlatlaridan 2030 nafar askar, va yuzlab harbiy texnika olib kelindi. Ushbu kuchlarni olib kelish uchun harbiy transport samolyotlar yordamida 2 kun ichida 180ta parvozldar amalga oshirildi
Toqayev aytishiga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan agressiya 3ta to‘liqndan iborat bo‘lgan:
1.
Tinch namoyishlar
2.
Siyosiy talabli namoyishlar
3.
Olma-Ota shahriga uch tomondan yaxshi tayyorlangan jangarilar kirib kelib shaharda bosqchinchilik, hujumlar uyushtirgan.
Shuningdek, OAVda vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish, fuqarolarga yolg‘on axborot tarqatish holatlari kuzatildi.
Ayni damda Qozog‘istonda konstitutsion tizim to‘liq tiklangan. 8 ming kishi hibsga olingan va ularning bo‘lib o‘tgan voqealarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jangarilar yangi taktika qo‘llamoqda. Ular ular soqollarini olib tashlab tinch aholi orasiga yashirinmoqda. Yaqin vaqt ichida aksilterror operatsiya yakuniga yetadi va biz hisobot beramiz, - dedi Toqayev.
Toqayev, Qozog‘iston duch kelgan muammolar nafaqat bir Respublikaga, balkim barchaga taaluqli ekanini va bundan kelajak uchun kerakli xulosalar chiqarib olish kerakligini ta’kidladi.
Kelajakda KXShT tinchlikparvar qo‘shinlarini olib kelishni optimizatsiya qilish, siyosiy mass-sedia tomonidan maksim qo‘llab-quvvatlash kerak.