Ichak immun himoyasi, vitaminlar ishlab chiqish va foydali moddalar so‘rilishi uchun javob beradi. Hazm qilish tizimi holati inson organizmining umumiy salomatligiga ta’sir qiladi, shuning uchun ham kunlik ratsionga o‘z vaqtida qo‘shimcha mahsulotlar kiritish haqida jiddiy o‘ylash kerak.
Immun tizimining deyarli 70% hujaylari ichakda, aniqroq qilib aytganda, hazm qilish organining shilliq qavatida joylashgan. Biroq uning tarkibidagi bakteriyalar ichaklar to‘g‘ri ishlashi uchun sog‘lom oziq moddalarini talab qiladi. Aks holda, bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli infeksiyalarga ta’sirchanlik kuchayadi. Surunkali ichak kasalliklari paydo bo‘lishi xavfi bor, bu esa yanada jiddiy muammolarga (saraton yoki hatto jigar sirroziga) ham olib kelishi mumkin. Biroq, to‘g‘ri oziq-ovqat foydali bakteriyalarni ko‘paytiradi, zararlarini esa nazorat qiladi.
Shuning uchun ham ichakdagi bakteriyalar immun va nerv tizimi bilan o‘zaro bog‘liq, deydi doktor Tomas Friling Focus internet-nashriga bergan interyusida.
Ichaklarga nimalar zarar keltiradi?
Mutaxassis hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir qiladigan uchta mahsulot nomini sanab o‘tdi.
- Shakar
Ko‘pchiligimiz shirinliklarni yaxshi ko‘ramiz: shokolad, marmelad, mazali pishiriqlar. Biroq, muntazam shirinliklar iste’mol qilsak, tezda ortiqcha vazn paydo bo‘ladi. Ichakning shilliq qavati bakteriyalarida ham xuddi shunday. Ular shakarni tez parchalaydi, shuning uchun ham ularning ko‘payish jarayoni juda tezlashadi. Bu ichak salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
- Quritilgan, dudlangan va qayta ishlangan kolbasa mahsulotlari
Muammo shundaki, kolbasa mahsulotlarida issiqlik bilan ishlov berish jarayonida potensial kanserogenlar paydo bo‘ladi. Tez-tez qayta ishlangan go‘sht iste’mol qilish oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish ehtimolini oshiradi. Biroq, ba’zida zararli mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin.
“Dudlangan kolbasa ratsionimizning bir qismi, lekin doimo iste’mol qilish mumkin emas. Uni haftada bir marotaba iste’mol qilish mumkin, hech qanday zararli oqibatlar bo‘lmaydi”, - deydi Friling.
- “Yomon yog‘lar”
Shuningdek shifokor mayonez, margarin va salo tarkibidagi yomon yog‘larning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirib o‘tdi. Bunday ovqat ichak uchun qo‘shimcha og‘ir yuk bo‘ladi.
Qanday mahsulotlar yordam beradi?
Bunday hollarda yengil eruvchan va tabiiy oziq tolalari yordam beradi. Bu mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish ichak faoliyatini meyorlashtiradi va hazm qilishni yaxshilaydi.
- Banan
Inulinga boy (tabiiy foydali mahsulot). U ichakdagi yallig‘lanishga qarshi bakteriyalar o‘sishiga yaxshi ta’sir qiladi.
- Baliq
Ma’lumki, baliq yog‘li kislotalarga boy. Bu esa shilliq qavatning oziqlanishiga yaxshi ta’sir qiladi va organizmning himoya funksiyasini mustahkamlaydi.
-Po‘sti bilan qaynatilgan kartoshka
Kartoshka po‘sti tarkibida ichak himoyasini yaxshilaydigan yog‘ kislotalari bor. U shilliq qavatning holatiga yaxshi ta’sir qiladi.
- Tuzlangan karam
Fermentatsiya jarayonlarini faollashtiradi, patogen bakteriyalarni sizib chiqaradi, shu sabab ichak shilliq qavatini sog‘lom asraydi.
- Qora non
Uning tarkibida immun tizimini mustahkamlash uchun zarur kletchatkalar hamda qimmatli uglevodlar bor.
Shuningdek, Tomas Friling ratsionga dukkakli mahsulotlar, ismaloq, sabzi va savoy karami kabi kletchatkaga boy mahsulotlarni kiritishni tavsiya qildi.
Yanada mustahkam immunitet uchun esa mutaxassis nafaqat meyorlashtirilgan parhez, balki muntazam ochiq havoda mashq qilishni ham tavsiya qiladi.