Qozog‘istonda jami necha kishi qurbon bo‘lgani aniqlandi

Qozog‘istondagi tartibsizliklar davomida jami 164 kishi qurbon bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 1000dan ortiq.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarda jami necha kishi qurbon bo‘lgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Tartibsizliklar vaqtida Qozog‘istonda 164 kishi qurbon bo‘ldi. Olma-Otada - 103 kishi, jumladan 2 nafar yosh bola, Qizilo‘rda viloyatida - 21 kishi, Jambil viloyatida - 10 kishi, ️Olma-Ota viloyatida - 8 kishi, - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, ayni damda Qozog‘istonda aksilterror operatsiya o‘tkazilmoqda. Qozog‘iston harbiylari Olma-Ota, Chimkent va boshqa viloyat markazlarida tartibsizliklarda ishtirok etgan jangarilarni qo‘lga olmoqda. Shu kunga qadar 6000ga yaqin kishi qo‘lga olingan. Ular orasida xavfli jinoyatchilar va chet el fuqarolari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viyalotida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi.
Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Magazinlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlkatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShT a’zolaridan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi. Ularning vazifasi - muhim obyektlarni qo‘riqlash.