TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkablashmoqda, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘tgan kun davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 369 kishini tashkil qildi. Bu oktabr oyidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatgich. Pandemiya boshidan buyon jami kasallanganlar soni 200 mingdan oshdi (200341).
Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda koronavirusning birinchi to‘lqini 2020-yilning iyul oyida kuzatilgan edi. 2021-yilning yanvar-fevralida kunlik ko‘rsatgich 50 kishi darajasida saqlanib turgan edi.
2021 yoz mavsumida kasallikka chalinish holatlari keskin ko‘payib kuniga 1000 kishigacha yetgan edi, lekin kuz mavsumiga kelib kasallikka chalinish holatlari kamaya boshlagan edi. Yangi iyl arafasida kuniga aniqlanayotgan kasallar soni 60-70 kishini va bir necha kun davomida o‘lim holatlari aniqlanmagani qayd etilgan edi.
O‘zbekistonda shu kunga qadar koronavirusning yangi "Omikron" shtammi aniqlanmagan.
Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 88,2 foizni, to‘liq bosqichlarda emlanish ko‘rsatchiki esa 64,4 foizni tashkil qilmoqda.