Kiprda koronavirusning yangi gibrid shtammi aniqlandi

Kiprda “delta” va "omikron" shtammlari xususiyatiga ega bo‘lgan yangi gibrid shtamm aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv —Sputnik. Kipr Universitetining Biologik fanlar fakulteti olimlari Kipr orolida koronavirusning yangi shtammini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Cyprus Times.
25 nafar bemordan olingan virusning yangi namunalarida olimlar koronavirusning ham “delta” hamda “omikron” shtammlari xususiyatlarini aniqlashgan. Virusning yangi varintiga kiprlik olimlar shartli ravishda “deltakron” deb nom berishgan. Bu haqida professor Leontios Kostrikkis xabar qildi.
Professor aytishiga ko‘ra, Kipr Universiteti olimlari aniqlagan faktlar kelajakda klinik maqsadlar uchun foydalanish mumkin.
Ayni damda Kirpda koronavirsning yangi to‘lqini hukm surmoqda, lekin dushanba kunidan boshlab uning pasayishi kutilmoqda. Yaqin 3 hafta ichida esa “omikron” to‘lqini tinchlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning “delta” shtammi 2020-yilning oktabr oyidi Hindistonda aniqlangan edi. Keyinchalik u SARS-CoV-2ning boshqa shtammlaridan ko‘ra xavfliroq ekani aniqlandi va dunyoda eng ko‘p tarqalgan shtammga aylandi.
Omikron-shtamm, yoki B.1.1.529, dastlab Botsvane va JARda 2021-yilning noyabr oyida aniqlandi. Tez orada ushbu shtamm dunyoning 60dan ortiq davlatlarida tarqalishga ulgurdi. Olimlar dastlabki xuolsalariga ko‘ra, “omikron” og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi, lekin u insoniyat juda tez tarqalish xususiyatiga ega.
Rossiya bosh sanitar shifokori, “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova aytishiga ko‘ra, ushbu virus hatto v sichqon va kalamushlarga ham yuqmoqda. Koronavirusning boshqa turlari bunday xususiyatga ega emas.