Shokolad ayollarga yoshlikni saqlab qolishda yordam beradimi?

Olimlar shokoladning organizm uchun foydali jihatlari, jumladan, yurak-qon-tomir, miya faoliyatini yaxshilashga va qarish bilan kurashishiga yordam beradi degan nazariyani tasdiqladilar.
Sputnik
Sputnik radiosi xabar qilishicha, Garvard olimlari achchiq shokolad yoshlikni saqlab qolishga yordam beradi degan xulosaga kelgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shokolad barcha oziq-ovqat mahsulotlari orasida insonning biologik qarishini sekinlashtiradigan yagona samarali vosita.
Gap shundaki, achchiq shokolad qonni suyultiradi, tomirlar tonusini ko‘taradi, shu bilan yurak-qon-tomir tizimini mustahkamlaydi, xotirani yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Tarkibida flavonoidlar tufayli-chunki ushbu modda miyaning xotira va fikrlash jarayoni tezligi uchun javob beradigan qismlarini himoya qiladi- miya faoliyati uchun anchayin foydali.
Shuningdek, achchiq shokolad tarkibida E, K, V vitaminlari, mis va ayniqsa, anemiyadan aziyat chekayotgan ayollar uchun temir moddalari bor.
Shuningdek, achchiq shokoladni muntazam iste’mol qilish xolesterin tufayli kelib chiqadigan muammolarni oldini oladi.
Avvalroq, quruq mevalar, ya’ni turshak, olxo‘ri qoqi va anjir qomat uchun bezarar shirinliklar ekanligi ma’lum qilingandi. Biroq, ushbu mahsulotlarni organizmda shakar miqdorini oshirib yuboradigan xususiyati tufayli muntazam iste’mol qilish salomatlik uchun zararli.