Terrorchilar bilan muzokara o‘tkazilmaydi – Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev xalqqa murojaat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev xalqqa murojaat qildi.
Uning nutqidan asosiysi:
Toqayev banditlarni ogohlantirishsiz otishga buyruq berdi. Terroristlar bilan muzokara o‘tkazilmaydi.
Olmaotaga 20 mingdan ortiq bandit hujum qildi, yuzlab tinch aholi va harbiylarni yaraladi va halok bo‘ldi.
Qozog‘iston ham mahalliy, ham xorijlik bandit va terrorchilar bilan kurashishga majbur bo‘ldi.
Hokimiyat Qozog‘istonda qonun va tartib buzilishiga yordam berishda "erkin OAV" va "chet eldagi arboblar"ni ayblamoqda.
Qozog‘iston fuqarolarining tinch shaklda bildirilgan barcha talablariga quloq soldi.
Qozog‘iston jangarilarga qarshi operatsiyani oxirigacha yetkazadi, "kim taslim bo‘lmasa, yo‘q qilinadi".
Vaziyat yaxshilangan hududlarda favqulodda holat rejimi bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Noroziliklar fonida Toqayev islohotlar rejasi va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni taklif qilish haqida va’da berdi.