Tartibsizliklarda 2 nafar Qozog‘iston Milliy gvardiya harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Tartibsizliklar vaqtida 2 nafar Qozog‘iston Milliy gvardiya harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. 216 nafar harbiy xizmatchi yaralandi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Tartibsizliklar vaqtida 2 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston Milliy gravdiyaga asosan.
2002 yilda tug‘ilgan oddiy askar Madiyar Qaysarov halok bo‘ldi, u 5-yanvar kuni Qizilo‘rdada og‘ir yaralandi.
5 yanvar kuni Toldiqo‘rg‘onda bezori va talonchilar bilan jang qilgan 19 yoshli Aybat Amanov halok bo‘ldi.
Olmaota va Chimkent shaharlarida bezori olomon bilan to‘qnashuv oqibatida 216 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi yaralandi.
Ularning barchasi jarohatlar bilan, jumladan, o‘q jarohatlari, bosh miya ochiq jarohatlari, suyak sinishi jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizildi:
▫️2 nafar shartnoma asosida xizmat o‘tayotgan harbiy o‘q jarohati bilan jarrohlik bo‘limida.
▫️ 5 nafar muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askar og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida. Ko‘plab zobitlar turli darajadagi jarohatlarni olishdi.
Tartibsizliklar ishtirokchilari silliq stvolli miltiqlar, yondiruvchi aralashmalar, “Molotov kokteyllari”, truba va armaturalardan foydalanmoqda.