KXShT: Qirg‘iziston parlamenti Qozog‘istonga harbiylarni yuborishga ruxsat berdi

Qirg‘iziston harbiylari KXShT tinchlikparvar qo‘shinlari tarkibida Qozog‘istonga jo‘natiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston harbiylari Qozog‘istonga jo‘natiladi.
Mamlakat parlamenti ruxsat berdi: 69 nafar deputat harbiylarni yuborish uchun ovoz berdi, 7 nafar deputat “qarshi” bo‘ldi.
Respublikadan 150 nafar harbiy xizmatchi, 8 dona zirhli texnika va 11 dona harbiy texnika yuboriladi. Harbiylar KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibida strategik obyektlarni qo‘riqlashda yordam beradi.