Bugun Shavkat Mirziyoyev DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmatining "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmatining "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi.
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi", - deyilgan xabarda.