Tuman: Termizga uchgan samolyot Toshkent aeroportiga qaytib kelmoqda

Termizga uchgan samolyot Toshkent aeroportiga qaytib kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Termiz aeroportida meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan HY-065 Toshkent –Termiz reysi Toshkent aeroportiga qaytib kelmoqda, deb xabar qildi Uzbekistan Airways.
Reyslar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni +99878-140-02-00 raqami orqali olish mumkin.