TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda tartibsizliklar tufayli mingdan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda mahalliy telekanal Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar berdi.
400 kishi kasalxonaga yotqizildi, 62 kishi - jonlantirish bo‘limida.
Olmaotadagi to‘qnashuvlarda 12 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi, 353 nafari yaralandi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Bundan tashqari, jinoyatchilar shifokorlarga hujum qilgani qayd etildi. “Jinoyatchilarning harakatlaridan 10 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari jabrlandi”, — deyilgan xabarda.