Qirg‘iz-qozoq chegarasida fuqarolardan PSR-test talab qilinmaydi

Qirg‘iziston Qozog‘istondan keladigan fuqarolar uchun PSR-testlar taqdim etish talabini bekor qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Qirg‘iz-qozoq chegarasini kesib o‘tuvchilardan PSR testi talab qilinmaydi. Bu haqdagi ma’lumotni Sputnik Qirg‘izistonga mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati tasdiqladi.
Ilgari majburiy bo‘lgan bu talabni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Qozog‘istondagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi. Bu Qirg‘iziston fuqarolariga ham, xorijliklarga ham tegishli.
Hozir qo‘shni davlatdagi beqaror vaziyat tufayli Qozog‘iston-Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tishni xohlovchilar oqimi kuzatilmoqda.