Olmaota ko‘chalarida tinchlik, ko‘plab do‘konlar talon-taroj qilingan - video

Olmaotada ko‘plab do‘konlar talon-taroj qilingan - Sputnik Qozog‘iston.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Olmaota ko‘chalari tinch, namoyishchilar yo‘q, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston muxbiri. Havoda kuchli kuyindi hidi sezilmoqda.
Agar o‘tgan kunlarda tartibsizliklarni boshlagan kishilar markazdan bir necha kvartallar narida ko‘rinib, uzoqda yorug‘lik-shovqin granatalarining portlash ovozi eshitilgan bo‘lsa, bugun ertalab bunday hech narsa ko‘rinmayapti.
Biroq ko‘plab do‘konlar talon-taroj qilingan, oynalari singan, svetoforlar tag-tomiri bilan qo‘porib tashlangan.