Mikroto‘lqinli pechda qizdirilgan ovqat zararlimi?

Bu haqida parhezshunoslar Yelena Motova va Pavel Terexov RIA Novostiga bergan intervyusida izoh beradi.
Sputnik
Parhezshunoslar aytishicha, bu borada tadqiqot o‘tkazgan mutaxassislar har xil fikr bildiradi. “Ba’zilar mikroto‘lqinlarda qizitilgan oziq-ovqat tarkibida vitaminlar va foydali xususiyatlar kamayadi deya izoh beradi. Ba’zi mahsulotlar o‘ta baland chastotada qizitilganda hatto zaharli bo‘lib, hazm bo‘lmasligi mumkin” deydi. Boshqa mutaxassislar esa buning aksini ta’kidlaydi. Ularning fikrlariga ko‘ra, bunday qizitishda yog‘ ishlatilmaydi, vaqt tejaladi, ovqat oson hazm bo‘ladi, deydi Terexov.
Uning aytishicha, mikroto‘lqinli pechda ovqat isitishda u issiqlikka chidamli shishadan ishlangan konteynerlardan foydalanadi. Shuni doimo yodda tutish kerakki, mahsulotga har qanday ishlov berilganda hatto qaynatilganda ham unda oziq tolalari o‘zgaradi.
“Agar barchasiga jiddiy e’tibor bersak, taom tayyorlashdagi barcha yondashuvlar, “hiyla”lar mahsulotga zarardan boshqa hech narsa keltirmaydi”, deydi mutaxassis.
Yelena Motovaning fikriga ko‘ra, mikroto‘lqinlar oziq-ovqatga xuddi qovurish yoki toblab pishirishdek ta’sir qiladi.
“Mikroto‘lqinli nurlanish ionlashtiruvchi nurlanish emas: ya’ni atomlardan elektronlarni chiqarib tashlamaydi va elementlar yadrosini buzmaydi. Mikroto‘lqinlar ovqatga qanday ta’sir qilsa, inson organizmiga ham shunday ta’sir qiladi- to‘qima tarkibidagi suv to‘lqinlar ta’sirida qiziydi. Garchi mikroto‘lqinlar atmosferada tezda yo‘qolsada, pechlar shunday ishlab chiqariladiki, hatto to‘lqinlarning minimal sizib chiqishini ham oldini oladi”, deya ta’kidladi mutaxassis.