Shifokor Masnikovning so‘zlariga ko‘ra, majburiy emlash darajasida koronavirus tufayli o‘lim ko‘rsatkichi 0,1-,0,09% tashkil qilmoqda.
Koronavirusning boshqa virusli kasalliklardan farqi faqat uning tarqalish xarakterida. Bu haqida mashhur shifokor Aleksandr Masnikov o‘z telegram kanalida ta’kidlab o‘tgan.
Shifokor koronavirusni yangi kasallik sifatida ro‘yxatga olmaslikka chaqirmoqda.
Kovid deb nomlangan yangi kasallik yo‘q. ORVI ham (o‘tkir respitor virusli kasallik), virusli pnevmoniya kasalliklari ham doimo bo‘lgan - dedi Aleksandr Masnikov.
Uning ta’kidlashicha, A va V tipdagi viruslar, odam koronaviruslari (ya’ni CoV-229E, CoV-NL63, CoV-OC43, CoV-HKU1), rino- va adenovirus, respirator-sinsitial viruslar va boshqalar doimo ORVI va pnevmoniya kasalliklarini qo‘zg‘atadigan viruslar hisoblangan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bu ro‘yxatni shunchaki to‘ldirgan xolos.
“Klinik ko‘rinishlarga ko‘ra, na ORVI, na yangi koronavirus tufayli kelib chiqqan virusli pnevmoniya ham boshqa qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqargan ORVIdan ham, virusli pnevmoniyadan ham hech nimasi bilan farq qilmaydi”, deya tushuntiradi Masnikov.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, COVID-19 keltirib chiqargan muammolar kasallikning keng miqyosda tarqalib ketgani bilan bog‘liq. Majburiy emlash darajasida koronavirus tufayli kelib chiqqan o‘lim holatlari soni 0,1-0,09% tashkil qilmoqda, deya xulosa qilgan shifokor.