KXShT tinchlikparvar kuchlari: Rossiya birinchi desantchilari Qozog‘istonga yetib keldi - video

KXShT tinchlikparvar kuchlari Rossiya kontingenti asosiy kuchlarining birinchi bo‘linmalari Qozog‘istonga yetib keldi.
Sputnik
KXShT tinchlikparvar kuchlari Rossiya kontingenti asosiy kuchlarining birinchi bo‘linmalari Qozog‘istonga yetib keldi.
Respublikaga shtatli texnika bilan ta’minlangan tinchlikparvar qo‘shinlarni olib kelish davom etmoqda, deb ma’lum qilindi MVda.
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti qo‘shinlarini mamlakatga kiritishni avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev so‘ragandi. U mamlakatdagi vaziyatni "chet eldan tayyorlangan terrorchi tuzilmalarining bostirib kirishi" deb atadi.
KXShT kengashi Qozog‘istonga cheklangan muddatga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi. Uning tarkibiga rossiyalik harbiylardan tashqari yana to‘rt davlat – Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston Qurolli kuchlari vakillari kiradi. Ular davlat va harbiy obyektlarni qo‘riqlaydilar va huquq tartibot kuchlariga yordam beradilar. KXShT kontingentining ilg‘or bo‘linmalari o‘z vazifalarini bajarishga kirishdilar.