KXShT: Armaniston Qozog‘istonga 70 nafarga yaqin harbiy jo‘natadi

Armaniston Qozog‘istonga 70 nafarga yaqin harbiy jo‘natadi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Armaniston harbiylari KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibida Qozog‘istonga yo‘l oldi.
Sputnik Armaniston xabariga ko‘ra, Qozog‘istondagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida 70 nafarga yaqin harbiy xizmatchi jo‘natildi, ular KXShT tinchlikparvar kuchlari tarkibida strategik obyektlarni himoya qiladi.
KXShT Belarus harbiylarining Qozog‘istondagi tinchlikparvar kuchlari tarkibida ishtirok etishini tasdiqladi.
Kollektiv tinchlikparvar kuchlar tarkibiga maxsus harbiy, politsiya va fuqarolik xodimlari, shuningdek, KXShT davlatlari tomonidan ajratilgan kuchlar va mablag‘lar kirishi mumkin.