Tolibon* O‘zbekistondan vertolotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi - video

Tolibon* vakillari qo‘shni davlatlar bilan vertolotlarni Afg‘onistonga qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Tolibon* vakillari qo‘shni davlatlar bilan vertolotlarni Afg‘onistonga qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Hukumat almashganidan keyin afg‘on uchuvchilari vertolotlarda O‘zbekiston va Tojikistonga qochib ketgan, deb xabar berdi Tolo News telekanali.
Toliblarning vakili Inamulla Samangoniyning so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq vertolot qo‘shni davlatlarga, asosan, Tojikiston va O‘zbekistonga olib ketildi. Ularni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Masala yuqori darajada muhokama qilinmoqda.
Qo‘shni respublikalarga olib qochilgan vertolotlarning aniq soni noma’lum, deb xabar qildi Tolo News telekanali.
Ma’lumki, AQSh va uning ittifoqchilari sobiq afg‘on rasmiylariga 20-yil davomida ko‘p sonli samolyotlar va boshqa havo texnikasini topshirgan.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida