TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Qozog‘iston qator yirik shaharlardagi tartibsizliklar tufayli Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilmadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Ishonchimiz komilki, qozog‘istonlik do‘stlarimiz o‘z ichki muammolarini mustaqil ravishda hal qila oladilar”, - dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muhimi hech kim tashqaridan aralashmasligi kerak.