TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hukumatni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi Alixon Smoilovga yuklatildi.
Yangi hukumat tuzilmaguncha, barcha hukumat vakillari o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Bundan tashqari, yangi davlat kotibi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev ertalab o‘tkazgan yig‘ilishda yuzaga kelgan vaziyatda “asosiy aybdor” - hukumat, xususan, energetika vazirligi, shuningdek, “KazMunayGaz” va QazaqGaz deb aytdi.
Ayni paytda Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, favqulodda holat e’lon qilingan Olmaotada jamoat transporti harakati to‘xtatilgan, mobil internet ishlamayapti. Shahar aeroporti normal rejimda ishlamoqda.