O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi odatdagidek qo‘riqlanmoqda

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi odatdagidek qo‘riqlanmoqda - O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi odatdagidek qo‘riqlanmoqda.
Bu haqda @rian_ru ga O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakili ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, chegarani qo‘riqlashda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish choralari ham hisobga olinmoqda.
Bundan tashqari, Yangi yil bayrami dam olish kunlari munosabati bilan dekabr oyi oxirida o‘tkazish punktlarida qo‘shimcha nazorat o‘rnatilgan.