TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Moskva Qozog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, jabrlangan Rossiya fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi, deb ma’lum qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
"Biz Qozog‘istondagi vaziyatning rivojini diqqat bilan kuzatib borapmiz. Jabrlangan Rossiya fuqarolari haqida ma’lumot yo‘q", - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.