TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Qurilish tashkiloti mutaxassis yangi ko‘prik ostidan suv ketish hodisasiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida 31 dekab kuni Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yangi ko‘prik (tunnel) shaklidagi yo‘l o‘tkazgich tantanali ishga tushirilgan edi.
V Samarkande torjestvenno otkrili tonnel, postroyenniy na peresechenii ulis Rudaki i Bustonsaroy.
© Foto: GUBDD Uzbekistana
Lekin oradan bir necha kuni o‘tib, yomg‘irli havo bo‘lganda ushbu yangi qurilgan ko‘prik ostidan suv sizib chiqayotgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va aholi orasida turli savollar paydo bo‘lishiga olib keldi.
"1-Ko‘prik qurilish otradi" direktor o‘rinbosari Azimbek Mirzayev hodisaga izoh berdi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, ko‘prik ostidan suv chiqishiga suv oqib ketish yo‘llarida tashqaridan kelayotgan chiqindilar tiqilib qolgani sabab bo‘lgan. Oqqan suv ko‘prikning konstruksiyaviy yoki boshqa qismiga zarar yetkazmagan. Ushbu hodisaga ko‘prik qurilishi hali oxirigacha yetkazilmagani va suv oqib ketish yo‘llari oxirigacha qurilmagani sabab bo‘lgan. Ko‘prik qurilishi yanvar oyining oxirida tugatilishi kutilmoqda.