TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrada va Nijniy Novgorod shahrlarida konsullik ochadi.
Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan "Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillardagi taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi" prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.
Qarorda shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulxonalarida (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg) xodimlar sonini oshirish Moskvadagi elchixonaga yangi konsul shtat birliklari kiritish rejalashtirilgan.
Undan tashqari Qozog‘istonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida ham konsulxonalar ochish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonning 2 million nafarga yaqin fuqarolari chet davlatlarda vaqtinchalik mehnat faoliyati olib bormoqda. Ulardan bir milliondan ortig‘i - Rossiya Federatsiyasida mehnat qilmoqda.