TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Koronavirusga chalingan odamlar biror matnni ovoz chiqarib o‘qishlari kerak. Bu nafas olish mushaklarini tiklashning ajoyib usuli, deydi Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiy ilmiy-tadqiqot markazi prezidenti, akademik Leo Bokeriya. RIA Novosti xabariga asosan.
"Do‘stlarim va tanishlarim kasal bo‘lib qolishganda, men ularga har qanday matnni 15 daqiqa davomida ovoz chiqarib o‘qishni tavsiya qildim", - deydi Bokeriya.
Shifokor tushuntirganidek, koronavirusdan keyin nafas olish mushaklari, shu jumladan qovurg‘alararo mushaklar ayniqsa ta’sirlanadi. Va ularning tezda tiklanishi muhimdir.
"Ovoz chiqarib o‘qishdan ko‘ra samaraliroq narsa yo‘q, bu vaziyatda hatto muzlatgich yo‘riqnomasini ham o‘qisa bo‘ladi", - deydi Bokeriya.
Ma’lumki, koronavirusning eng og‘ir asoratlaridan biri o‘pka alveolalarining shiskatslanishidir. Koronavirusga chalingan kishilarda o‘pka shikastlanishi turli darajada (15-85%) bo‘lishi mumkin. Kasallikdan tuzalganidan so‘ng ham aksariyat tez charab qolayotgani va havo yetishmasligidan shikoyat qiladi. Shifkor tavsiyasi o‘pka funksiyasini imkon qadar tezroq tiklashga yordam beradi.