TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Shaxmatning rapid turi bo‘yicha bir necha kun oldin jahon chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorovga mukofotlar tantanali topshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Nagrajdenie Nodirbeka Abdusattorova v NOK
© Anna Jelixovskaya / Sputnik
Xususan, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov “Mard o‘g‘lon” medalini Nodirbekning ko‘ksiga taqib qo‘ydi.
Nagrajdenie Nodirbeka Abdusattorova v NOK
© Anna Jelixovskaya / Sputnik
Undan so‘ng prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkent shahridan 2 xonali kvartira kalitini topshirdi.
Va bosh vazir o‘rinbosari turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov 250 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirladi.
Nagrajdenie Nodirbeka Abdusattorova v NOK
© Anna Jelixovskaya / Sputnik
Undan tashqari marosimda Nodirbekning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasi 100 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Nagrajdenie Nodirbeka Abdusattorova v NOK
© Anna Jelixovskaya / Sputnik
Taqdirlash marosimining davomi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida davom ettirildi, deb xabar qilmoqda Turizm va sport vazirligi.