Rossiya Turkiyaga xavfsizlik shartnomasi tuzishni taklif qildi

Vladimir Putin Toyib Erdo‘g‘on bilan bo‘lgan suhbatda Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shartnoma tuzishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Rossiya va Turkiya o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi. Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘on orasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Kreml.
Suhbatda ikki davlat rahbarlari Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yakunalarini hamda kelgusida Rossiya va Turkiya orasida ushbu o‘zaro foydali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shuningdek, suhbat davomida xalqaro mavzular ham ko‘tarildi, jumladan Rossiya federatsiyasining xavfsizligini kafolatlaydigan, ikki tomonlama shartnomalar ishlab chiqish, Kavkaz orti hududidagi vaziyat, Suriya va Liviyada tinchlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari shaxsiy muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bir necha oy davomida AQSh va NATO tomonidan Ukrainaga qurol-aslaha va harbiy maslahatchilar (ehtimol yollanma jangarilar) tashib kelish faollashmoqda. Ayrim ekspertlar Ukraina Donbassni kuch bilan egalab olishga urinishi mumkinligi va ushbu mojaroga Rossiyaning ham aralashishi muqarrar ekani haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi.
Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin dekabr oyning boshida G‘arbdagi "hamkorlar"ga o‘z pozitsiyasini aniq va lo‘ndi qilib tushuntirgan edi
Xususan, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov AQSh Davlat kotibi yordamchisi Karen Donfildning qo‘liga Rossiya xavfsizligini kafotlatlashga qaratilgan 2ta shartnoma loyihalarini tutqazgan edi. Ushbu hujatlarda NATOning Sharq tomon kengayishi hamda Ukrainada hujum qurollarin joylantirish - Rossiya uchun mutlaq qabul qilib bo‘lmas qadamlar ekani aytib o‘tilgan va shu bilan Rossiya uchun uzoq muddatli xavfsizlikni kafolatlaydigan shartnoma tuzishni taklif qilgan edi.
Rossiya takliflariga javob bo‘lmaganidan so‘ng, Putin 21-dekabr kuni so‘zlagan nutqida NATO Rossiyaning uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan taklifiga javob bermasa va Rossiya suvereniteti va xavfsizligiga putr yetkazuvchi qadamlar qo‘yishda davom etaversa, Rossiya "keskin" javob berishga haqli ekanini ham aytib o‘tgan edi.