TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimon tog‘lari hududida 3-yanvar soat 08:00 dan 4-yanvar soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi mavjudligini e’lon qildi.
Ushbu munosabat bilan Vazirlik fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rish, hamda "DIQQAT! QOR KO‘ChIShI XAVFI MAVJUD" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, biroz oldin bugun O‘zbekistonning shimoliy hududlarida kuchli tuman tushgani haqida habar bergan edik. Xususan, tuman tufayli Urganch va Nukus shaharlari aeroportlarida ko‘rish masofasi 200 metrgacha pasayishi tufayli samolyotlar parvozi kechiktirilgani hamda boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgani aytib o‘tilgan edi.